Tojikiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining akademigi yuqori ilmiy unvoni K.X. Abdurahmonovga tantanali taqdim etildi!
2026-yil 5-may kuni G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Qalandar Xodjayevich Abduraxmonovga Tojikiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining akademigi yuqori ilmiy unvonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasriddin Ismatullo, O‘zbekiston FA birinchi vitse-prezidenti Shamansur Sa’dullayev, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Asror Norov, TDIU rektori To‘lqin Teshaboyev hamda qator oliy ta’lim muassasalari, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tantanali yig‘ilishda elchi Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Umumiy yig‘ilishining qarorini o‘qib eshittirdi. Qayd etilganidek, K.X.Abduraxmonovning ko‘p yillik ilmiy faoliyati, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston–Tojikiston ilmiy hamkorligini kengaytirishdagi xizmatlari ushbu yuksak e’tirofga munosib asos bo‘ldi.
Marosimda bildirilgan fikrlarga ko‘ra, bu tan olish nafaqat olimning shaxsiy ilmiy biografiyasida, balki ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy diplomatiya va akademik muloqotni yangi bosqichga ko‘tarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, K.X.Abdurahmonovning tojik tilidagi ilmiy-metodik ishlar tayyorlashdagi hissasi birodar xalqqa, uning ilm-fani va ta’lim an’analarga bo‘lgan chuqur hurmatning yorqin ifodasi sifatida alohida ta’kidlandi.
Xulosa qilib aytilganda, mazkur tadbir O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.