Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

Akademik Qalandar Abduraxmanovning ilmiy faoliyati yana bir yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi!

2026-06-10
Akademik Qalandar Abduraxmanovning ilmiy faoliyati yana bir yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi!

Mamlakatimiz ilm-fani va ta’lim tizimining taniqli namoyandasi, "Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali" ilmiy maktabi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Qalandar Xodjayevich Abduraxmanovga ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, xalqaro miqyosdagi ilmiy izlanishlari hamda ta’lim sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Tojikiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining akademigi ilmiy unvoni topshirildi.

Ushbu yuksak e’tirof nafaqat ustoz olimning shaxsiy ilmiy salohiyati va fidokorona mehnatining yorqin natijasi, balki O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik, akademik muloqot hamda qardoshlik aloqalarining amaliy ifodasi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Ishonamizki, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik, ustoz-shogird an’analari va akademik aloqalar bundan keyin ham yanada mustahkamlanib, yangi tashabbus va loyihalar bilan boyib boradi.