Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali ilmiy maktabi to'g'risida

“Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy maktabi faoliyati 2019 yilda Toshkent davlat iqtisodiyoti universtiteti  Ilmiy kengashining 3-sonli Qarori hamda universitet rektorining 922-sonli buyrug'i asosida yo'lga qo'yilgan. “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy maktabiga O'zFA akademigi Abduraxmanov Qalandar Xodjayevich tomonidan asos solingan bo'lib, ushbu ilmiy maktabning maqsadi mehnat iqtisodiyoti va inson resurslarini boshqarish yo'nalishlari doirasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini tadqiq etish va ustuvor yo'nalishlarini prognozlash hamda mamalakat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan ilmiy farazlar hamda tavsiyalar berishdan iborat.

Bugungi kunga qadar ilmiy maktab asoschisining bevosita ilmiy rahbarligida 16 nafar fan doktori va 46 nafar fan nomzodi tayyorlandi. Shuningdek, hozirda 30 nafardan ortiq yosh olimlar ilmiy maktab a'zosi sifatida ilmiy-tadqiqotlar olib borishmoqda.

Bundan tashqari ilmiy maktab doirasida mamlakatda mehnat bozorining raqamli transformatsiyalashinuvi, mehnatga bo'lgan rag'bat, motivatsiya va ish haqi, majburiy mehnatga barham berish, migratsiya va demografik jarayonlarni tartibga solish, “aqlli iqtisodiyot”, “inson kapitali”, “iste'mol savatchasi”, “yashil iqtisodiyotda mehnat munosabatlari”, “munosib mehnat”, sun`iy intelelktni joriy etish sharoitlarida mehnat bozoridagi o`zgarishlar va inson kapitali masalalri, ish bilan virtual bandlik va masofadan turib ishlash hamda ish bilan bandlikning beqaror shakllari kabi eng zamonaviy bilimlar sohasida uning jamoasi tomonidan ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.  “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali ” ilmiy maktabi o'z faoliyatini ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-ishlab chiqarish yo'nalishlarida olib boradi va buni amalga oshirishda ilmiy maktabda yetarli salohiyat va jamoa a'zolari shakllangan.