Jurnal haqida

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali ilmiy maktabining “Mehnat iqtiodiyoti va inson kapitali” nomli ilmiy elektron jurnalini ta'sis etish bo'yicha Universitet Kengashining 2022-yilning aprel oyidagi 9-sonli qarori qabul qilingan. “Mehnat iqtiodiyoti va inson kapitali” nomli ilmiy elektron jurnalda mualliflar o'z maqolalarini mamlakatda aholini ish bilan bandligiga ko`maklashish, mehnat bozori konyukturasi va unda yuz berayotgan o`zgarishlar, mehnat resurslari tarkibi, demografik jarayonlar va migrasiya, inson kapitalini rivojlantish va inson taraqqiyoti, kambag`allikni qisqartirish, inson resurslarini boshqarish va tadbirkorlini rivojlantirish masalalariga qaratishlari tavsiya etiladi.

Ushbu jurnal O`zbekiston Respubliksai Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestasiya Kommissiyasining 2023-yil 3-iyundagi 328/3-sonli rayosat qarori bilan iqtisodiyot sohasi bo`yicha dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e'lon qilinishi lozim bo'lgan respublika ilmiy jurnallari ro'yxatiga kiritildi.

Ushbu elektron jurnalning asosiy vazifasi respublikamizning yetuk olimlari va amaliyotchilarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlarni yaqindan tanishtirib borish hamda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida erishilayotgan innovatsion yutuqlarini omma e`tiboriga yetkazib borish hisoblanadi.

Jurnalning saytdagi havolasi: https://laboreconomics.uz/

Nomlanishi: “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy elektron jurnal

Tillari: o’zbek, rus, ingliz

Muassis: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Nashr boshlanish yili: 2023

Davomiyligi: yiliga 4 ta son

Ixtisosligi (sohalar): Mehnat bozori va mehnat munosabatlari, Demografiya, Inson kapitali, Inson taraqqiyoti, Kambag'allikni qisqartirish, Migratsiya, Inson resurslarini boshqarish, Tadbirkorlikni rivojlantirish, Gender tenglik, Munosib mehnat