Ishlab chiqarishda innovatsiyalarning joriy etilishining ishchi kuchi samaradorligiga ta`sirini baholas
G.R.Kuziyeva
Annotatsiya
Mazkur maqola ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ishchi kuchi samaradorligiga ta'sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishlab chiqarishda innovatsiyalarni tatbiq etish zamonaviy iqtisodiyotning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, chunki bu jarayon mehnat unumdorligini oshiradi, resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi va raqobatbardoshlikni kuchaytiradi.
Tadqiqotda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, sun'iy intellekt, sanoat robototexnikasi va raqamli texnologiyalarni joriy qilish natijasida ishchi kuchining samaradorligi qanday o‘zgarganligi tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsiyalarning mehnat bozori, malaka talablariga va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlariga ta’siri ko‘rib chiqilgan.
Maqolada empirik ma'lumotlar va statistik ko‘rsatkichlar asosida innovatsiyalarni joriy qilishning ijobiy va salbiy ta'sirlari muhokama qilinadi. Jumladan, innovatsiyalar natijasida ishlab chiqarish xarajatlarining qisqarishi, ishlab chiqarish hajmining oshishi va mahsulot sifatining yaxshilanishi keltirilgan. Shu bilan birga, yangi texnologiyalarga moslashish uchun ishchi kuchining qayta tayyorlanishi va yuqori malaka talab qiladigan yangi sohalarning rivojlanishi zarurligi ta’kidlangan.
Kalit so'zlar:
avtomatlashtirish, sun'iy intellekt, robototexnika, innovatsiya, resurs
Foydalanilgan manbalar:
DOI manzili: DOI