Mahalliy davlat boshqaruv organlarida inson resurslarini boshqarish
G.Q.Abdurahmanova
Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif tomonidan inson resurslarini boshqarishning qamrovi va ko‘lami hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari muvafaqqiyati uchun inson resurslarini boshqarish qanday ahamiyatga ega ekanligini muhokama qilinadi. Maqolada mahalliy davlat boshqaruv organlarida samarali inson resurslarini boshqarish tizimni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan vazifa va ko‘nikmalardan iborat inson resurslarini boshqarish elementlariga alohida e'tibor qaratilgan. Tadqiqotda mahalliy davlat xokimiyati organlarida inson resurslarini boshqarishning muhim funksiyalari hamda unda yuzaga keladigan ba'zi masalalarning nazariy va amaliy jihatlariga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, ushbu tadqiqotda bugungi kunda inson resurslarini boshqarish amaliyotida bir qator funksiyalar va amaliyotlarning ahamiyatini aniqlash uchun mahalliy hukumat darajasidagi inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarning fikrlari ham so‘rovnoma asosida o‘rganilgan.
Kalit so'zlar:
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat xizmatchilari, inson resurslarini boshqarish, qattiq ko‘nikmalar (hard skills), yumshoq ko‘nikmalar (soft skills), IRB funksiyalari.
Foydalanilgan manbalar:
DOI manzili: DOI