NAMANGAN VILOYATIDA GULCHILIK AGROTADBIRKORLIGINING HUDUDIY IXTISOSLASHUVI VA INTENSIV O‘SISH DETERMINANTLARI

Tashkilot
NamDTU, Tadbirkorlik va kichik biznes Iqtisodiyoti ixtisosligi mustaqil

Annotatsiya

Maqolada Namangan viloyatida gulchilik agrotadbirkorligining 2016– 2025-yillardagi rivojlanishi, hududiy ixtisoslashuvi va intensiv o‘sish omillari tahlil qilingan. Dinamik indeks, CAGR, tarkibiy ulush, CR3 hududiy konsentratsiya koeffitsiyenti va resurs samaradorligi ko‘rsatkichlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gulchilik subyektlari soni 85 tadan 600 tagacha, yetishtirilgan gullar hajmi 1,25 mln donadan 11,2 mln donagacha, issiqxona maydoni 8 gektardan 108 gektargacha oshgan. 2025-yilda Namangan shahri–Davlatobod aglomeratsiyasi, Namangan va Uchqo‘rg‘on tumanlari gul ishlab chiqarishning 86,2 foizini, ishlab chiqarish qiymatining 86,8 foizini va bandlikning 86,7 foizini jamlagan. Suv sarfi 41,9 foizga kamaygan, tomchilatib sug‘orish ulushi 64 foizga yetgan, biroq energiya sarfi 92,9 foizga oshgan. Natijalar gulchilikning ekstensiv modeldan issiqxona, assortiment va eksportga tayangan intensiv modelga o‘tayotganini, shu bilan birga hududiy konsentratsiya va energiya xarajatlari yangi cheklovlarni yuzaga keltirayotganini ko‘rsatadi. Maqolada markaz va periferiyani bog‘lovchi ko‘chatchilik, logistika, energiya va bilim servislariga asoslangan differensial rivojlanish yo‘nalishlari taklif etilgan.

Kalit so'zlar

gulchilik, issiqxona, hududiy ixtisoslashuv, intensiv o‘sish, CR3, suv tejamkorligi, bandlik


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Gatrell, J. D., Reid, N., Steiger, T., Smith, B. W., Carroll, M. C. (2009). “Value”-chains: Identity, tradition, and Ohio’s flori(culture) industry. Applied Geography, 29(3), 346–357. DOI: 10.1016/j.apgeog.2008.12.001
  2. FAO (2022). Smart Farming in Uzbekistan: Affordable Technologies and Efficient Techniques Transform Rural Communities. Rome: FAO
  3. FAO (2023). Water-smart Greenhouses in Uzbekistan. Rome: Food and Agriculture Organization
  4. FAO (2022). The State of Food and Agriculture 2022: Leveraging Automation in Agriculture for Transforming Agrifood Systems. Rome: FAO
  5. Porter, M. E. (1998). Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review, 76(6), 77–90
  6. Lombardozzi, L. (2021). Unpacking state-led upgrading: empirical evidence from Uzbek horticulture value chain governance. Review of International Political Economy, 28(4), 947–973
  7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va Namangan viloyati statistika boshqarmasi. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar, 2016–2025-yillar

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari