Shanxay hamkorlik tashkiloti forumida TDIU vakili maъruzasi eъtirof etildi
Joriy yilning 18-19 avgust kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkilotga a'zo 8 ta davlat, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Hindiston va Xitoyning yetakchi xotin-qizlari ishtirok etdi.
Forumning uchinchi sessiyasi “Innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish: ShHT mamlakatlari jamiyatlarining barqaror rivojlanishini ta'minlashning muhim omili” mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda TDIU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gulnora Abdurahmonova “Raqamlashtirish sharoitida gender tenglik va barqaror iqtisodiy rivojlanish shartlari: imkoniyatlar va mulohazalar” mavzusida maruza qildi.
E'tirof etish joiz, mazkur ma'ruza xorijlik mutahassislar diqqatini jalb qildi va bu borada o‘zaro fikr almashdilar.