Bugun va yaqin istiqbol uchun eng dolzarb mavzudagi adabiyot nashr etildi
Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali ilmiy maktabi asoschisi va rahbari, O`zFA akademigi Abdurahmanov Kalandar Xodjayevichning "Искуственный интеллект-основа устойчивого развития экономики (Sun'iy intellekt-iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi)" nomli kitoblari Moskvaning nufuzli nashriyotlaridan birida chop etildi. Ushbu natija bilan akademik K.Xodjayevich va ilmiy maktab jamoasini muborakbot etamiz.
Ushbu kitobda sun'iy intellektning kelib chiqishi, rivojlanishi, uning nazariyasi va amaliyoti batafsil ko‘rib chiqiladi. Sun'iy intellektning mehnat unumdorligi, ish bilan bandlik va ish haqiga ta'siri bayon etilgan. Alohida bob sun'iy intellektning mehnat bozori o‘zgarishi, ish jarayonlarining avtomatlashishi, inson va intellektual kapitalining boshqarish tizimlariga moslashishiga bag‘ishlangan.
Shuningdek, sun'iy intellektning ta'lim jarayonlariga ta'sirining nazariy-uslubiy asoslari tahlil etilgan. Sun'iy intellekt texnologiyalari qo‘llanishining sohalari – davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, transport, ijtismoiy sohalar, sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlarda qo‘llanilishi samaralari o‘z ifodasini topgan.