Dunyo kvantli istiqbol bo‘sag‘asida

O‘zFA akademigi, “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy maktabi asoschisi va rahbari ustozimiz Kalandar Xodjayevichning “Dunyo kvantli istiqbol bo‘sag‘asida (The world on the threshold of a quantum future)” nomli maqolalari bir qator nufuzli media manbalar jumladan “TN Media News” hamda “Daily Big Digit” da chop etildi. Ushbu maqola xalqaro darajadagi nufuzli olim Janob Halid Taymur Akram (Mr. Khalid Taimur Akram) bilan hammualliflikda tayyorlangan bo‘lib, unda kvant texnologiyalarining izohi, ularning dunyo taraqqiyoti uchun ahamiyati hamda O‘zbekistonda kvant texnologiyalarining joriy etish va rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlar keltirilgan.


Yaqin istiqbolda dunyo mamlakatlari raqobatbardoshlikka erishi uchun ilmiy sohada va ishlab chiqarishda sun'iy intellekt va kvant texnologiyalaridan foydalanishga o‘tishi muqarrar bo‘lib bormoqda. Bunday sharoitda asosan nimalarga e'tibor qaratilishi va qaysi soha va tarmoqlarda bunday texnologiyalarni kengroq joriy etish masalasi ham ushbu maqolada chuqur tahlil etilgan.


Bunday xalqaro darajadagi e'tirofli muvafaqqiyat bilan akademik Kalandar Xodjayevichni muborakbot etamiz!