“Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy elektron jurnali 2023-yil 4-soni uchun maqolalar qabul qilishni boshlaydi!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali" ilmiy maktabining “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy elektron jurnali 2023-yil 4-soni uchun maqolalar qabul qilishni boshlaydi.
Maqolalar uchun tavsiya etiladigan yo‘nalishlar:
✅ mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish, mehnat resurslari tarkibi;
✅ aholi ish bilan bandligiga ko‘maklashish;
✅ mehnat bozori konyukturasi va unda yuz berayotgan o‘zgarishlar;
✅ demografik jarayonlar va migratsiya;
✅ inson kapitalini rivojlantirish va inson taraqqiyoti;
✅ kambag‘allikni qisqartirish;
✅ inson resurslarini boshqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish.
Jurnal tili: o‘zbek, rus va ingliz
Maqolalarga qo‘yilgan talablar bilan https://laboreconomics.uz/ saytida tanishishingiz mumkin.
Maqolalaringizni ilmiymaktab@gmail.com elektron manziliga yoki veb-sayt orqali yuborishingiz mumkin.
Tahririyat manzili: Toshkent shahar, Islom Karimov k., 49-uy
Bog‘lanish uchun telefon: +998998818698