“Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy elektron jurnali ilk soni uchun maqolalar qabul qilishni boshlaydi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali" ilmiy maktabining “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy elektron jurnalining ilk soni uchun maqolalar qabul qilishni boshlaydi.
Maqolalar uchun tavsiya etiladigan yo‘nalishlar:
✅ mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish, mehnat resurslari tarkibi
✅ aholi ish bilan bandligiga ko‘maklashish
✅ mehnat bozori konyukturasi va unda yuz berayotgan o‘zgarishlar
✅ demografik jarayonlar va migratsiya
✅ inson kapitalini rivojlantirish va inson taraqqiyoti
✅ kambag‘allikni qisqartirish
✅ inson resurslarini boshqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish.
Jurnal tili: o‘zbek, rus va ingliz
Maqolalarga qo‘yilgan talablar bilan laboreconomics.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Maqolalaringizni laboreconomics_tsue@mail.ru ga yoki veb-sayt orqali yuborishingiz mumkin.
Tahririyat manzili: Toshkent shahar, Islom Karimov k., 49-uy
Bog‘lanish uchun: +998999744822 yoki +998712392813