
Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali ilmiy maktabida “Sun’iy intellekt davrida mehnat iqtisodiyoti” nomli yangi adabiyot nashr etildi!
Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali ilmiy maktabi asoschisi va rahbari, O’zFA akademigi K.X.Abdurahmonov hamda ilmiy maktab a’zosi i.f.d., professor N.K.Zokirova tomonidan “Sun’iy intellekt davrida mehnat iqtisodiyoti” nomli darslik chop etildi. Darslik mehnat iqtisodiyoti va ijtimoiy-mehnat munosabatlarida sun’iy intellekt texnologiyalari ta’siri ostidagi o‘zgarishlarni har tomonlama tadqiq etuvchi birinchi nashrdir. Darslikda mehnat bozori transformatsiyasi, bandlikning yangi shakllari, inson kapitaliga qo’yiladigan yangi talablarning o’zgarishi hamda avtomatizatsiyaning ijtimoiy jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu natija bilan ilmiy maktab jamoasini muborakbod etamiz!