Sun’iy intellektni inson kapitali va mehnat bozoriga ta’sirini ekonometrik baholash
S.B.G’oyipnazarov
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining mamlakat inson kapitalini rivojlanishi hamda mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga ta'siri empirik va ekonometrik jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot sotsiologik tadqiqot usuli asosida bajarilgan boʻlib, soʻrovnoma Laykert shkalasi (Likert scale) asosida tuzib chiqildi. Laykert shkalasi (Likert scale) asosida tuzib chiqilgan soʻrovnoma variantlarining validligi va ishonchliligi uning ichki turgʻunligini baholash orqali asoslangan. Anketaning ichki turgʻunligini va ichki moslik ishonchliligini baholash uchun “IBM SPSS Statistics 22.0” dasturi yordamida «alfa Kronbax» (Cronbach`s alpha) koeffisienti qoʻllanilgan. Tadqiqot natijasida sun'iy intellektning mehnat bozoriga ta'siri natijasida inson kapitalining raqamli rivojlanish holatiga ijobiy ta'sir etishi boʻyicha gipotezani tekshirish natijasi ular oʻrtasida kuchli bogʻliqlik mavjudligini koʻrsatmoqda. Sun'iy intellektning ta'lim tizimiga ta'siri ham mamlakatda inson kapitalini raqamli rivojlanishiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta'sir etishi mumkinligi ma'lum boʻldi. Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimi sun'iy intellekt ta'siri ostida inson kapitalini raqamli rivojlantirishga ijobiy ta'sir qilishi ma'lum boʻldi.
Kalit so'zlar:
sun'iy intellekt, inson kapitalini raqamli rivojlantirish, mehnat bozori transformasiyasi
Foydalanilgan manbalar:
DOI manzili: DOI