RAQAMLI IPAK YO‘LI VA O‘ZBEKISTON: INFRATUZILMANI MODERNIZATSIYALASHTIRISH, INKLYUZIYA VA RAQAMLI XIZMATLARNING O‘SISHI
Kalit so‘zlar:
Raqamli Ipak yo‘li; raqamli infratuzilma; optik tolali tarmoqlar; internet qamrovi; hududiy inklyuziya; raqamli xizmatlar; ma’lumotlar boshqaruvi; raqamli logistika.Annotatsiya
Mazkur maqola Raqamli Ipak yo‘li tashabbusining O‘zbekistonning milliy raqamli transformatsiya strategiyasi bilan o‘zaro uyg‘unligini tahlil qiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, raqamli infratuzilmaga yo‘naltirilgan investitsiyalar nafaqat telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiladi, balki hududiy tengsizliklarni kamaytirish, raqamli xizmatlar bozorini kengaytirish va iqtisodiy inkluzivlikni kuchaytirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, maqolaning maqsadi infratuzilma yangilanishi, xizmatlar sektori o‘sishi va aholi uchun inklyuziv raqamli kirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda ushbu yo‘nalishdagi siyosiy ustuvorliklarni belgilashdan iborat.
Tadqiqot metodologiyasi hujjatlar va normativ-huquqiy asoslarni tahlil qilish, rasmiy statistika hamda ochiq ma’lumotlarni tavsifiy-qiyosiy ko‘rib chiqish, shuningdek, infratuzilmadan raqamli xizmatlar, inson kapitali va institutsional ishonchgacha bo‘lgan uzviy zanjirni konseptual xaritalash usullariga asoslanadi. Bunday yondashuv raqamli rivojlanish jarayonini faqat texnik o‘zgarish sifatida emas, balki ko‘p bosqichli institutsional-iqtisodiy transformatsiya sifatida baholash imkonini beradi.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, telekommunikatsiya infratuzilmasining kengayishi va sifat jihatidan yaxshilanishi internet qamrovini oshirgan, onlayn xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirgan hamda telekommunikatsiya va raqamli xizmatlar sektorida iqtisodiy faollikni kuchaytirgan. Ayniqsa, raqamli kirish imkoniyatlarining yirik shaharlardan tashqari hududlarda ham ortib borayotgani hududiy inklyuziyaning muhim belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, mazkur ijobiy siljishlar raqobat muhiti, ma’lumotlarni boshqarish sifati, kiberxavfsizlik, platformaviy bog‘liqlik va institutsional muvofiqlashtirish bilan bog‘liq yangi xatarlarni ham yuzaga chiqarmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. DataReportal. (2025, March 3). Digital 2025: Uzbekistan. https://datareportal.com/reports/digital-2025-uzbekistan
2. Richard Ghiasy & Rajeshwari Krishnamurthy (April 13, 2021). China’s Digital Silk Road and the global digital order. The Diplomat. https://thediplomat.com/2021/04/chinas-digital-silk-road-and-the-global-digital-order/
3. International Telecommunication Union. ICT indicators database. https://www.itu.int/
4. Lex. uz. (2024). Decree of the President of the Republic of Uzbekistan. “On the State Program for the Implementation of the Strategy "Uzbekistan — 2030" in the "Year of Support for Youth and Business”. https://lex.uz/docs/-6811936
5. McKinsey & Company. (2020). How COVID-19 has pushed companies over the technology tipping point-and transformed business forever. https://www.mckinsey.com/business-functions/strategy-and-corporate-finance/our-insights/how-covid-19-has-pushed-companies-over-the-technology-tipping-point-and-transformed-business-forever
6. Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan. Telecommunication infrastructure at a new stage of development (2023 indicators). Government portal. https://gov.uz/en/digital/activity_page/telecommunication
7. Qoraboyev, Ikboljon, The Belt & Road Initiative and Uzbekistan's New Strategy of Development: Sustainability of Mutual Relevance and Positive Dynamics (2018). Uzbek Journal of Legal Studies, Volume 2 (2018), Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=3163974
8. Schiller, D. (2008). Information fetishism: Criticism and deconstruction. Social Science Literature Press.
9. Teshabayev, T. Z., Bobokhujaev, S. I., & Otakuziyeva, Z. M. (2018). Specificity of conceptual development of information economy in Uzbekistan. Proceedings of the International Conference “Economy in the modern world” (ICEMW 2018) Series: Advances in Economics, Business and Management Research, 61, 47–52. https://doi.org/10.2991/icemw-18.2018.10
10. Turdiev, A. S., Kakhramonov, K. S., & Yusupdjanova, N. U. (2020). Digital economy: Experience of foreign countries and features of development in Uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, 4(84), 660–664. https://doi.org/10.15863/TAS.2020.04.84.112
11. The World Bank. (2023). Uzbekistan Digital Inclusion Project (P179108) Project information document.
