XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY OʻZGARISHLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Kalit so‘zlar:
Xorazm, sanoat klasteri, diversifikatsiya, rivojlanish, qayta ishlash, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, strategiya, logistika, to‘qimachilik, yengil sanoat, resurs, kapital, turizm, diversifikatsiya, transport, energetika, takomillashuv.Annotatsiya
Ushbu maqola Xorazm viloyati iqtisodiyotini yanada rivojlantirish yo‘llari hamda hudud doirasida yo‘lga qo‘yilishi manfaatli bo‘lgan yangi sanoat yo‘nalishlari haqida ma’lumot beradi. Oxirgi yillarda Xorazm viloyati makroiqtisodiy ko’rastkichlarining o’sish tendensiyalarni davomiyligini va yaqin yillar uchun mo’jallangan davlat dasturlaridagi ustivor yo’nalishlarni tahlil qilish bilan, mintaqadagi mavjud tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali yangi ish o’rinlarni tashkil qilish evaziga iqtisodiy o’sishga erishish masalalari asosiy vazifa qilib belgilandi. Yuqoridagi vazifalar ochib berishda iqtisodiy-geografik tahlil, statistika va kartografik usullar foydalanildi. Aynan ushbu tadqiqot usullari yordamida Xorazm iqtisodiyotini rivojlantiruvchi yangi saoat turlarini shakllantirishning o’ziga xos jihatlari hamda kelajakdagi istiqbollari haqidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
