O‘ZBEKISTONDAGI NORASMIY IJTIMOIY HIMOYA TIZIMLARINING MADANIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLARI
Kalit so‘zlar:
Norasmiy ijtimoiy himoya, norasmiy qo'llab-quvvatlash, norasmiy xavfsizlik tarmog'i, an'anaviy ijtimoiy farovonlik, jamoaga asoslangan yordam, ijtimoiy kapital, O'zbekiston.Annotatsiya
Mazkur tadqiqot O‘zbekistondagi norasmiy ijtimoiy himoya tizimlariga bag‘ishlangan. Qarindoshlik va o‘zaro birdamlik tamoyillariga asoslangan ushbu tizimlar aholiga iqtisodiy xatarlarni yengib o‘tishda yordam beradi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – mazkur tizimlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning manbalari, ta’minot usullari hamda boshqaruv tamoyillarini tahlil qilishdir. Tadqiqotda sifat yondashuvi qo‘llanilib, ma’lumotlarni yig‘ishda aralash metodologik dizayn tanlandi. Jarayonda adabiyotlar sharhi, so‘rovnoma (n = 46, 24 ayol va 22 erkak) hamda yarim tuzilgan suhbatlar (n = 12, 6 ayol va 6 erkak) o‘tkazildi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, asosiy yordam manbalari sifatida oila, qarindoshlar va do‘stlar yetakchi o‘rinda turadi. Shuningdek, pul o‘tkazmalari va aylanma jamg‘arma guruhlari ishonchli mexanizmlar sifatida faoliyat yuritadi. 30-54 yosh oralig‘idagi, qishloq hududlaridan bo‘lgan va ta’lim darajasi nisbatan past ayollar NIHTga eng ko‘p tayanadigan guruh sifatida ajr gender bo‘yicha alib chiqdi. Ushbu tayanish to‘liq ish bilan band bo‘lgan ayollar o’rtasida ham saqlanib qolmoqda, bu esa o’z navbatida ish haqidagi gender tafovutini aks ettiradi. Erkaklarning ishtiroki esa ko‘proq ishsizlik yoki norasmiy mehnat bilan bog‘liqdir.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, NIHT ko‘pincha muhim hayotiy voqealar va inqiroz davrlarida qo‘llanilib, hayotni yaxshilash hamda xatarlarni kamaytirish vazifasini bajaradi. Ulardan foydalanish madaniy me’yorlar va ijtimoiy aloqalar orqali asoslanadi. Aksariyat respondentlar kelgusida NIHT ahamiyatini saqlab qoladi, deb hisoblashsada, ayrimlar, xususan kam ta’minlangan ayollar, rasmiy tizimlar ularning o’rnini egallaydi, deb kutmoqda. Umuman olganda, NIHT jamoalarning barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, teng taqsimlanmaganlik va gender tengsizligi ularning imkoniyatlarini cheklab turibdi. Kelgusi tadqiqotlar ushbu tengsizlik va gender tafovutlarining sabablarini chuqurroq o‘rganishga qaratilishi lozim. Bu esa ayollar va ijtimoiy jihatdan zaif guruhlarning ehtiyojlariga yanada moslashgan samarali ijtimoiy siyosatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. A joint report by ILO, UNICEF, and the World Bank. (2020, October 30). An assessment of the social protection system in Uzbekistan Based on the Core Diagnostic instrument (CODI). https://www.ilo.org/publications/assessment-social-protection-system-uzbekistan-based-core-diagnostic
2. Asadov, A., Turaboev, I., & Nor, M. Z. M. (2024). Garnering potential of zakat in Uzbekistan: A tax policy proposal. Journal of Infrastructure, Policy and Development, 8(8), 5795. https://doi.org/10.24294/jipd.v8i8.5795
3. Bott, E. (1957). Family and Social Network. London Tavistock. https://www.scirp.org/reference/referencespapers?referenceid=2431615
4. Bourdieu, P. (1986). THE FORMS OF CAPITAL.
5. Devereux, S. (with Getu, M.). (2013). Informal and formal social protection systems in Sub-Saharan Africa. Fountain Publishers.
6. Esping-Andersen, G. (1990). The three worlds of welfare capitalism. Polity Press.
7. Kandiyoti, D. (2007). Rural livelihoods and social networks in Uzbekistan: Perspectives from Andijan. ResearchGate. https://doi.org/10.1080/02634939808401056
8. Mauss, M. (2002). The Gift: The Form and Reason for Exchange in Archaic Societies. Routledge.
9. Mumtaz, Z. (2022). Informal social protection: A conceptual synthesis. Social Policy & Administration, 56(3), 394–408. https://doi.org/10.1111/spol.12772
10. Ncube, T., & Murray, U. (2024). Using design thinking and community development principles to optimise the interaction between informal and formal social protection systems. Journal of International and Comparative Social Policy, 40(2), 182–202. https://doi.org/10.1017/ics.2025.13
11. Scott, J. C. (1976). The Moral Economy of the Peasant: Rebellion and Subsistence in Southeast Asia. Yale University Press. https://www.jstor.org/stable/j.ctt1bh4cdk
12. SDG. (2023). https://nsdg.stat.uz/en/goal/11
13. Sievers, E. (2002). Uzbekistan’s Mahalla: From Soviet to Absolutist Residential Community Associations. Chicago-Kent Journal of International and Comparative Law, 2(1), 91.
14. Stavropoulou, M., Holmes, R., & Jones, N. (2017). Harnessing informal institutions to strengthen social protection for the rural poor. Global Food Security, 12, 73–79. https://doi.org/10.1016/j.gfs.2016.08.005
15. The Central Bank of Uzbekistan. (2025, July 25). From paycheck to paycheck: Over a third of Uzbekistan’s residents have not saved for a rainy day –. Podrobno.uz. https://podrobno.uz/cat/economic/ot-zarplaty-do-zarplaty-bolee-treti-zhiteley-uzbekistana-ne-nakopili-na-chernyy-den-tsentrobank-/
16. Urinboyev, R. (2025). The impregnable fortress of Islamic public administration in Central Asia: Mahalla institutions in Uzbekistan. In W. Drechsler, S. Chafik, & R. Kattel (Eds.), Islamic Public Value (pp. 256–280). Edward Elgar Publishing. https://doi.org/10.4337/9781035333646.00024