XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY O'ZGARISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY O'ZGARISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Mualliflar

  • Jumaniyazov Nodirbek Odilbek o’g’li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Kalit so‘zlar:

sanoat tarkibiy o'zgarishlari, barqaror rivojlanish, Xorazm viloyati, mintaqaviy iqtisodiyot, sanoat salohiyati, investitsiya muhiti, strategik rejalashtirish, innovatsion texnologiyalar, sanoat klasterlari, iqtisodiy o'sish, eksport salohiyati, raqobatbardoshlik.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o'zgarishlarini takomillashtirish strategiyasi masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mintaqalarni kompleks rivojlantirish dasturlari va sanoat salohiyatini oshirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlariga muvofiq kelishi bilan belgilanadi. Maqolada 2010-2024 yillar davridagi statistik ma'lumotlar va mintaqaviy taqqoslash tahlillari asosida viloyat sanoatining rivojlanish dinamikasi, hududiy tafovutlar va mavjud imkoniyatlar aniqlangan. Tadqiqot jarayonida statistik tahlil, komparativ tahlil va SWOT tahlil metodlaridan foydalanilgan. Xorazm viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2010-yildagi 628,6 milliard so'mdan 2023-yilda 21,5 trillion so'mga yetgani, ya'ni 34 barobar o'sgani aniqlangan. Shu bilan birga, viloyatning respublika sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi hali ham past ekani va sanoat gigantlari bilan taqqoslaganda sezilarli tafovut mavjudligi ko'rsatilgan. Sanoat salohiyatidan samarali foydalanish yo'llari, investitsiya muhitini yaxshilash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sanoat klasterlarini shakllantirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashda sanoat tarkibiy o'zgarishlarining roli va ahamiyati asoslangan hamda viloyat sanoat siyosatini takomillashtirishning strategik yo'nalishlari belgilangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. World Commission on Environment and Development. Our Common Future. Oxford University Press, 1987.

2. Chenery H.B. Structural Change and Development Policy. Baltimore, MD.: Johns Hopkins University Press, 1979.

3. Uskova T.V. Upravlenie ustoychivim razvitiem regiona: monografiya. Vologda: ISERT RAN, 2009.

4. Shaymardanova E.P. Strategii ustoychivogo razvitiya promishlennix predpriyatiy // Rossiyskoe predprinimatelstvo. 2010. № 10 (1). S. 49-54.

5. Soliyev A. Hududiy majmualarning nazariy asoslari. O'quv qo'llanma. "Moliya", Toshkent, 2019.

6. Yakubova E.T. Povishenie promishlennogo potentsiala kak drayvera ekonomicheskogo razvitiya regionov Uzbekistana // Iqtisod va moliya. 2021. № 1 (137). S. 23-28.

7. Sodiqov A.M., Nazarov N.N. Hududlar barqaror rivojlanish strategiyasi ishlab chiqish metodikasini takomillashtirish // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. 2023. № 5.

8. Mamedov K.M. Mintaqaning barqaror rivojlanishini ta'minlashda sanoat salohiyati samaradorligini oshirish yo'llari // Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnali. 2024. № 11.

9. Kurambaev S.R. Opportunities for Getting Rust Modifications on the Base of Local Resources for Corrosive Surface // American Journal of Materials Synthesis and Processing. 2018. 3(2). P. 30-33.

10. Matchanov Sh. Silikat materiallari texnologiyasini takomillashtirish. Urganch Davlat Universiteti, 2023.

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. 2022-yil 28-yanvar, PF-60.

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni. 2023-yil 12-oktabr, PF-169.

13. Zhuravlyov V., Khudyakova T. et al. Improving the Strategic Management of Investment Activities of Industrial Enterprises as a Factor for Sustainable Development in a Crisis // Sustainability. 2019. 11. 6667.

14. O'zbekiston Respublikasi Statistika agentligi rasmiy veb-sayti. https://stat.uz

15. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari tahlili (2017-2022 yillar). 2023.

Downloads

Nashr qilingan

2025-12-30

Iqtibos keltirish

Jumaniyazov Nodirbek Odilbek o’g’li. (2025). XORAZM VILOYATI IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY O’ZGARISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI. Mehnat Iqtisodiyoti Va Inson Kapitali, 4(4), 248–258. Retrieved from https://laboreconomics.uz/index.php/lehc/article/view/176

O‘xshash maqolalar

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Siz shuningdek murakkab qidirish funksiyasini ishlatishingiz mumkin

Loading...