TDIUda akademik Qalandar Abdurahmonov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

TDIU Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi huzuridagi O‘zR FA akademigi Abdurahmonov Qalandar Xodjayevichning “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy maktabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda akademik Q.X.Abdurahmonov, TDIU rektori prof. T.Z. Teshabayev, fakultetlar dekanlari hamda ilmiy maktab vakillari ishtirok etdi.

Akademik Q.X.Abdurahmonov ilmiy maktab faoliyati, zamonaviy mehnat iqtisodiyotidagi tendensiyalar, xususan, sun’iy intellekt va mehnat munosabatlari haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida universitet rektori prof. T.Z. Teshabayev ham so‘zga chiqib, “Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali” ilmiy maktabida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda o‘quv va ilmiy nashrlar tayyorlashga oid faoliyatini e’tirof etdi.

Shundan so‘ng, akademik Q.X.Abdurahmonov o‘z muallifligida chop etilgan eng so‘nggi ilmiy va o‘quv adabiyotlarini universitet kutubxona fondiga sovg‘a tariqasida topshirdi. Bundan tashqari, akademik Q.X.Abdurahmonov Inson resurslarini boshqarish magistratura mutaxassisligi talabalariga Zamonaviy mehnat iqtisodiyoti fanidan ma’ruza mashg‘ulotini olib bordi hamda dars so‘ngida magistrlarga “Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot” nomli darsligini sovg‘a qildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida akademik Q.X. Abdurahmonov tomonidan TDIU rektori T.Z.Teshabayevga G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan ko‘krak-nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.